So’nggi yangiliklar

12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  1 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  1 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  22 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0

"Yuventus" yulduzi jamoani tark etmoqchi. Loyihaga ishonmayapti va eng katta maosh so'ramoqda Yangiliklar

"Yuventus" yulduzi jamoani tark etmoqchi. Loyihaga ishonmayapti va eng katta maosh so'ramoqda

Turinlik "Piter Pen" bilan bog'liq voqealar rivoji qanday bo'ladi?

Yosh Paulo Dibala "Palermo"dagi harakatlari bilan ko'pchilikning etiborini tortgandi. Ammo "Yuventus"dagi olti yarim mavsumdan faqatgina bittasini chinakamiga futbol superyulduzi darajasida o'tkazdi. Paulo – ajoyib futbolchi, biroq "Yuventus" uni yo'qotishdan rostan qo'rqqanida, yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar fevralgacha qoldirilmagan bo'lardi.

Boshqa tomondan Allegri jamoasida Dibalaning eng yaxshi sport formasidagi darajada o'ynashga tayyor futbolchilar qancha? Bu savol ayniqsa, Kezaning jarohatidan keyin "Yuventus" muxlislarini qiziqtirmoqda. 28 yoshli futbolchi shartnomasining uzaytirilishining "+" va "-"lari haqida so'z yuritamiz.


Dibala shartnomasini uzaytirishi uchun "+"

1. "Yuventus"ning bugungi tarkibida ajralib turishi. Turin klubi muxlislari xafa bo'lishmasin-ku, ammo "Napoli"ga ham, "Milan"ga ham mag'lub bo'lmaganiga qaramay, Allegri shogirdlari kuchli futbol namoyish etyapti deb bo'lmaydi. Noyabrdagi "Atalanta" bilan o'yindan keyin A Seriyada to'qqiz uchrashuvlik seriya qayd etildi. Biroq "Yuventus" avvalgi formasidan ancha uzoqligini isbotlash uchun "Roma"ga qarshi birinchi bo'limni ko'rishning o'zi etarli. Dibala kabi noodatiy harakatlar, qarorlar chiqara oladigan futbolchilar kerak. Paulo 7 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi. Ronaldu ketgach, bu har ikki yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkich hisobalanadi.

2. Vlaxovich bilan yaxshi tandem hosil qilishi mumkin. Dushan transfer oynasining oxirida Turinga ko'chib o'tdi. Ronaldu bilan Dibala orzulardagi juftlik bo'la olmadi, sababi o'tgan mavsum Paulo A Seriyada bor yo'g'i 14 bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Hozir esa Allegri qaytdi, bu Paulo uchun yangi imkoniyat degani. Morata bilan juftlikda faqat argentinalik ko'zga tashlanmoqda, agar uning yonida Vlaxovich kabi tug'ma markaziy forvard va snayper bo'lsa, qaxramonimiz yangi darajaga chiqa olishi mumkin. Agarda Dibalani tekinga qo'yib yuborilsa, uning o'rnini to'ldira oladigan "arzon futbolchi"ni topish deyarli imkonsiz. Bir yil avval u Amerika Kubogi qaydnomasiga ham kiritilmagandi, hozir esa Messi yo'qligini bildirmaslik uchun jalb etilgan. To'g'ri, maqtanishga arzirli natija emasdir, lekin uning bugungi formasini tariflashning yaxshi yo'li. 

3. De Ligtga berilgan kelishuv shartlarini takrorlashni so'ramoqda. Dibala vakillari so'rayotgan talablar kosmik raqamlar emas. Bu agenti telefon orqali Leonardo bilan gaplashib, o'zi "Barselona"dan kechirim so'rab, shartnoma imlolamoqchi bo'lgan, lekin keyin fikri o'zgarib qolgan Dembele emas. Francuz xuddiki kataloniyaliklarning ustidan kulayotgandek tasavvur uyg'otmoqda. Dibala esa yozdi erkin agentga aylanishi mumkinligidan foydalanmoqda, lekin shu bilan birga konstruktiv muloqotga imkon qoldirmoqda. "Yuventus" nafaqat Ronalduga yiliga 31 mln evro berdi, balki De Ligtga Italiyadagi ilk kunlaridan bonuslar bilan 12 millionga aylanishi mumkin bo'lgan 8 mln evro taklif qila oldi. Dibala esa 7.3 million maosh oladi va maksimum bu summa 9 mln evrogacha o'sishi mumkin. Maoshi biroz oshishi va muvaffaqiyatli o'yin evaziga bonus ko'rinishida yana mablag' ishlab olish imkoniyatini so'ramoqda. Murakkab jarayon emas, "Yuventus"ning bunga qurbi etadi, biroq xohishi-chi?


Paulo shartnomasini uzaytirishi uchun "-"

1. Ancha vaqtdan buyon top klubda harakat qilayotganiga qaramay, Dibalaga stabillik etishmasligi faktori o'zgarganicha yo'q. Tashqi ko'rinishidan kelib chiqib, Dibala yigirmadan endi oshganmi yoki o'ttizga yaqinlashib qolgan, aniq aytib bo'lmaydi. SHu sababli Varan yoki Oblak – veteran, ularning tengdoshi Paulo esa "yosh iqtidor" degan fikr ongostida qolaveradigandek. Argentinalik ancha oldin chinakam yulduz singari harakat qilishi kerak edi, lekin hozircha o'xshamayapti. Skaloni o'tgan yozda ortiqcha tashqi tasirsiz futbolchining holatiga baho berishi mumkin bo'lgan inson edi. "Yuventus"ga yuzaga kelgan murakkab vaziyatda yordam kerak bo'lgan bir pallada Dibaladan yorqin harakatlarni muxlislar kutdi, ammo ko'ra olmadi. Yanvar oyidan to aprelga qadar jarohat bo'lgani yodingizda bo'lsa, sog'-salomatligida ham Paulo bir yorqin, bir omadsiz o'yin ko'rsatmoqda. O'tgan mavsum u chempionatda 4 ta gol va 3 ta assist qayd eta oldi.

2. Futbolchi "Yuventus"ning kelajagiga, klub loyihasiga shubha bilan qaramoqda. Dibala so'nggi vaqtlarda intervyularda keskin fikrlarni yashirmayapti. Nafaqat jamoadoshlarini tanqid qildi, balki Allegri futbolini ham ayab o'tirmadi. SHu o'rinda murabbiy va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar qay darajadaligi borasida savollar paydo bo'lgan. Biroq yakunlanayotgan kelishuvni uzaytirishdan bosh tortish – yaqqol belgidek. Paulo hozirda Allegri va Anelli "Yuventus"iga ishonmayapti. Kelajagi o'zi uchun mavhum hisobloangan klub bilan uzoq muddatli aloqani imzolashga shoshilmayapti.

3. Jamoani qayta qurish vaqti kelgan. Dibala – nostandart futbolchi va uni istalgan taktik sxemaga kiritish oson bo'lmaydi. Faqatgina unga butkul erkinlik berilsagina muammo bo'lmaydi. SHu bilan birga Paulo doim ham bu kabi erkinlikning qadriga etmaydi. Yorqin mavsumdan keyin u gollar borasida ham, assistlar bo'yicha ham 3 - 8 intervalidagi ko'rsatkich bilan cheklanishi mumkin. Bu kabi futbolchiga katta maosh bergan maqulmi yoki hujumni to'liq Vlaxovich atrofida qurib, qanotlarda uni Kuadrado va yozda safga qaytgach, Keza qo'llashidan umid qilgan to'g'riroqmi? Dibala o'zining atrofida qurilgan jamoa bilan ECHL finaligacha etib bora oladigan figuraga unchalik o'xshamaydi. U yangi Platini emas. Anelli argentinalikni "Barselona" 120 mln evro taklif qilayotganida qo'yib yuborishi mumkin edi. Endi esa to'p Dibala tomonida va futbolchining o'zi yakuniy qarorni qabul qilishi zarur.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика