Yuventus yarim himoyachisi operaciya qilinadi

4 dek 2019, 07:26
Sami Xedira shifokorlar ko'magiga tayanishga majbur.

Yuventusning germaniyalik futbolchisi Sami Xedira chap tizzasidan operaciya qilinadigan bo'ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xedira tizzasida noqulaylik his qilgan. Shifokorlar esa unda jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi kerak degan xulosaga kelgan.

Sami joriy mavsum turinliklar safida 12 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Ювентус” расмий сайти