"Yuventus" yaqin kunlarda "Sassuolo" bilan Lokatellining transferini muhokama qiladi
05 iyu 2021 07:28
Yangiliklar
"Yuventus" yaqin kunlarda "Sassuolo" bilan Lokatellining transferini muhokama qiladi
"Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli "Yuventus"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, Turin klubi rahbariyati yaqin 72 soatda 23 yoshli italiyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishish uchun "Sassuolo" vakillari bilan bog'lanadi.
O'yinchining o'zi "Yuventus" bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, unga ko'ra uning maoshi yiliga 3 million evroni tashkil etadi.
Lokatelli o'tgan mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar