"Yuventus" Xolandga ajoyib shartnoma taklif qilmoqda
09 dek 2019 14:26
Yangiliklar


"Yuventus" Xolandga ajoyib shartnoma taklif qilmoqda
"Yuventus" "Zalcburg" forvardi Erling Xolandni xarid qilmoqchi.
Turinliklar Mino Rayolaga aloqaga chiqishgan. "Yuventus" 19 yoshli futbolchiga bonuslardan tashqari yiliga 3 million evro maosh taklif qilishgan.
Xolandga "Yuventus"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Borussiya" (Dortmund), "RB Leypcig" va "Napoli" klublari qiziqmoqda.
Oldinroq, Dortmundning "Borussiya" klubi Xolandni 20 million evro evaziga xarid qilishi mumkinligi to'g'risida xabarlar yangragan edi.
Futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar