So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

"Yuventus" xarajatlarni kamaytirish uchun kimlardan voz kechadi? Yangiliklar

"Yuventus" xarajatlarni kamaytirish uchun kimlardan voz kechadi?

Turinning "Yuventus" klubida vaziyat har tomonlama jiddiy.

Klub 2023 yil yozida oylik maoshlarga to'lanadigan mablag'larni kamaytirishni rejalashtiryapti. Buning uchun esa Adrien Rabo, Xuan Kuadrado va Anxel di Mariya kabi o'yinchilarning bahridan o'tib yuborishga to'g'ri keladi. Faqat bu yulduzli nomlar bilan to'xtab qolinmaydi. Tark etadiganlar ro'yxati kattaroq. 

Turin klubiga ikki marta ijara asosida kelib ketganidan so'ng 2017 yil yozida Kuadrado butunlay qo'lga kiritilgan edi. Kolumbiyalik yarim himoyachining ketish vaqti kelgan ko'rinadi. 34 yoshli futbolchi "Monca"ga mag'lub bo'lingan uchrashuvni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yubordi. Bu ushbu mavsumda jamoasiga yordam bera olmagan birinchi o'yin bo'ldi. 

Yozda PSJdan kelib qo'shilgan Anxel di Mariyaning shundoq ham atigi bir yilga mo'ljallangan shartnomasi bor edi. Futbolchi jamoadagi debyutidan buyon bor-yo'g'i bitta gol urishni eplay oldi. "Sassuolo"ga qarshi kechgan o'sha uchrashuvda (3:0) u o'z hisobiga assist ham yozdirib qo'ygandi. Eng oxirgi o'yinda "Monca"ga qarshi kechgan bahsda u maydondan chetlatilgan edi.

"Manchester Yunayted" yozda Raboga jiddiy qiziqish bildirdi. Endi u yana sotiladiganlar ro'yxatiga tushadi. U jarohat tufayli A Seriyaning oxirgi 3 ta o'yinini o'tkazib yubordi.

"Yuventus"ni moliyaviy qiyinchiliklar sababli tark etadiganlar ichida himoyachi Aleks Sandro va darvozabon Karlo Pinsolo nomlari ham sanab o'tilgan.

Yuqoridagi 5 futbolchining Turin klubi bilan bitimi 2023 yil yozida yakuniga etadi. Ular erkin agentga aylanib, jamoani tark etishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика