"Yuventus" Vlaxovich bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
27 iyun 2021, 09:48
"Yuventus" "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich bilan ushbu transfer oynasida shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Turin klubi "Fiorentina" bilan serbiyalik forvard borasida muzokaralarga kirishgan.

Vlaxovich 2020/21 yilgi mavsum jamoasi safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt forvardni 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport