"Yuventus" va "Milan" PSJ futbolchisi uchun kurashadi
06 dek 2019 12:50
Yangiliklar
"Yuventus" va "Milan" PSJ futbolchisi uchun kurashadi
Manbaga ko'ra, yarim himoyachi qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Futbolchini sotib olishga asosiy nomzodlar - "Yuventus" va "Milan".
Turinliklar argentinalik futbolchini Sami Xediraga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda, chunki u tizzasidagi jarohat tufayli uch oyga safdan chiqqan.
Qayd etilishicha, italiyaliklar o'z transfer ro'yxatlariga "Barselona"dan Ivan Rakitich va "Breshiya"dan Sandro Tonalini ham kiritishgan.
Eslatib o'tamiz, Paredes shu yil yanvar oyida "Zenit"dan Parij klubiga 40 million evro evaziga o'tgan edi. U poytaxt jamoasi uchun 32ta uchrashuv o'tkazdi va 2ta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar