"Yuventus" va "Borussiya" Germaniya terma jamoasi forvardi uchun davogarlik qilmoqda
27 iyu 2022 10:20
Yangiliklar
"Yuventus" va "Borussiya" Germaniya terma jamoasi forvardi uchun davogarlik qilmoqda
Nemis hujumchisi Timo Verner ushbu transfer oynasida klubini o'zgartirishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 26 yoshli o'yinchi uchun "Yuventus", "Borussiya" (Dortmund) va "Nyukasl" davogarlik qilmoqda.
"CHelsi" esa 40 million evro to'lansa, Timo bilan xayrlashishga tayyor.
Forvard o'tgan mavsum "aristokratlar" safida 37ta o'yinda 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar