"Yuventus" turkiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
24 may 2019 13:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/497407_original.jpg)
![](/upload/storage/497407_220.jpg)
"Yuventus" turkiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Sassuolo" himoyachisi Merix Demirel yozda "keksa sinora" tarkibiga o'tishi mumkin.
Janluka Di Marcioning sayti xabar berishicha, Turin klubi transfer huquqi "Alanyaspor"ga tegishli bo'lgan futbolchi uchun 15 million evro bermoqchi. Turkiyalik futbolchining o'zi esa "Yuventus" bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib bo'lgan.
Demirel shu yilning yanvarida "Sassuolo" tarkibiga ijara maqomida borib qo'shilgan edi. 21 yoshli futbolchi "yashil-qora"lar safida 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar