"Yuventus" sobiq futbolchisi "Breshia" bosh murabbiyiga aylandi
06 noy 2019 11:14
Yangiliklar
"Yuventus" sobiq futbolchisi "Breshia" bosh murabbiyiga aylandi
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Fabio Grosso "Breshia" bosh murabbiyiga aylandi.
Qayd etish kerakki, mutaxassis 42 yosh bo'lishiga qaramasdan murabbiylik tajribasiga ega.
Fabio Grosso "Yuventus" yoshlar jamoasida, "Bari" va "Verona" klublarida ishlagan.
Murabbiy allaqachon o'z ishini boshlab yuborgan va "Breshia" bilan ilk mashg'ulotlarni o'tkazdi.
Klub hozirda A Seriyada 19-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Grosso 2009-2012 yillar davomida Turinning "Yuventus" klubida o'ynagan.
Fikrlar