"Yuventus" short-listidagi futbolchilar aniq bo'ldi
05 iyu 2021 18:30
Yangiliklar
"Yuventus" short-listidagi futbolchilar aniq bo'ldi
Massimiliano Allegri qaysi futbolchilar orqali "Yuventus" tarkibini kuchaytirishi mumkinligi oydinlashdi.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, u hujumchilar Mauro Ikardi (PSJ) va Dushan Vlaxovich ("Fiorentina"), shuningdek, yarim himoyachilar Miralem Pyanich ("Barselona"), Pol Pogba ("Manchester Yunayted") va Manuel Lokatelli ("Sassuolo") orqali tarkibni kuchaytirmoqchi.
Yaqin vaqtlar ichida "Yuve" Dibala bilan shartnomani uzaytiradi. SHunday bo'lsa-da, uning poziciyasiga futbolchilar olib kelinishi kutilmoqda.
Fikrlar