“Yuventus” sardori yana jarohat oldi
01 dek 2020 20:40
Yangiliklar


“Yuventus” sardori yana jarohat oldi
CHempionlar Ligasi 5-turi doirasida “Yuventus” ertaga o'z maydonida “Dinamo” (Kiev)ni qabul qiladi.
Mezbonlar himoyachisi Jorjo Kellini o'yinni o'tkazib yuboradi. U chap son mushaklarini shikastlab olgan va jamoaviy mashg'ulotlar vaqtida og'riq uni bezovta qilgan.
Kellini noyabr o'rtalarida ham shu kabi jarohat olib, yaqindagina safga qaytgandi.
Italiyalik joriy mavsum A Seriya va CHempionlar Ligasida 4 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar