"Yuventus" prezidenti jamoaning bu mavsumdagi maqsadi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018, 11:47
"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli yangi mavsum haqida fikr bildirdi.

"Bu yil qiyin bo'ladi, chunki "Yuventus" orzu qilishdan uni amalga oshirishga o'tishi kerak. Mavsumdagi asosiy vazifamiz Chempionlar ligasi. Chempionat va Italiya Kubogida ham g'alaba qozonmoqchimiz.

Bu mavsum klub haqiqatdan ham barcha turnirda g'olib chiqmoqchi. Buning uchun har kuni tinimsiz mehnat qilishimiz kerak. Massimiliano Allegri va uning shtabi buni yaxshi tushunadi.

Klubni juda qiyin mavsum kutib turibdi. Uning boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi Anelli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia