"Yuventus" Pogbaning o'rniga ispaniyalik futbolchi variantini ko'rib chiqmoqda
20 fev 2020 16:08
Yangiliklar
"Yuventus" Pogbaning o'rniga ispaniyalik futbolchi variantini ko'rib chiqmoqda
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara yozgi transferlar oynasida Italiya chempionatiga o'tishi mumkin.
Agar turinliklar "Manchester Yunayted" bilan Pol Pogba borasida kelisha olimshmasa, unda ispaniyalik xavbekni o'z jamoalari safiga qo'shib olishga harakat qilishadi. Pogba 2012-2016 yillar davomida Italiya klubi sharafini himoya qilgan.
Alkantara bir necha yillardan buyon nemis klubidan ketish haqida o'ylamoqda va yozda klubini o'zgartirishi mumkin. Futbolchining "Bavariya" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
Tyago Alkantara joriy mavsum Germaniya chempionatida 19ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasida 3ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 9
Fikrlar