"Yuventus" Pogba uchun Dibaladan voz kechishga tayyor
16 avg 2020 17:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587058_original.jpg)
![](/upload/storage/587058_220.jpg)
"Yuventus" Pogba uchun Dibaladan voz kechishga tayyor
Turin klubi rahbariyati Pol Pogbani jamoaga qaytarish uchun astoydil bel bog'lagan.
"Tuttosport"ning tasdiqlashicha, franciyalikni Turinga qaytarish uchun "Yuve" MYUga Paulo Dibalani taklif qilgan.
Nikoro Skiraning yozishiga ko'ra, argentinalik futbolchi "Yuventus"da qolishni istamoqda. Qayd etish kerak, hozirda Dibala va Pogba o'z jamoalari bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Dibala yiliga 15 mln evro maosh so'ramoqda, "Yuve" esa unga 10 mln evro maosh to'lashga tayyor turibdi. Aynan maosh faktori Dibalaning "Yuventus"dan ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
Dibala 2015 yildan buyon "Yuventus" tarkibida harakat qilmoqda. Pogba esa 2012-2016 yillar davomida "keksa sinora" sharafini himoya qildi va 105 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga qaytdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar