Yuventus o'zining navbatdagi bosh murabbiyi borasida bir qarorga keldi
09 apr 10:27
Yangiliklar
Yuventus o'zining navbatdagi bosh murabbiyi borasida bir qarorga keldi
Yuventus jamoasining bo'lajak bosh murabbiyi borasida bir qarorga keldi.
Calciomercato xabariga ko'ra, Turin klubi rahbariyati «Bolonya» ustozi Tiago Motta bilan kelishuvga erishgan.
Motta 2018 yilda faoliyatini yakunlaganidan so'ng PSJ jamoasining U-19, «Jenoa» va «Speciya» jamoalarini boshqardi. O'tgan yildan buyon esa «Bolonya»ni boshqarib kelmoqda.
Joriy mavsumda Motta boshchiligidagi «Bolonya» A Seriyada 31 ta o'yindan so'ng 58 ochko bilan to'rtinchi o'rinda ketmoqda.
Fikrlar