"Yuventus" Ospinaga qiziqish bildirmoqda

Alisher
19 iyun 2021, 13:08
"Napoli" darvozaboni David Ospina yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Neapol klubi rahbariyati 32 yoshli futbolchi bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor.

Kolumbiyalikka "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Unga da'vogarlar orasida shuningdek "Atalanta" va "Fiorentina" klublari ham bor.

Ospinaning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Darvozabon yakunlangan mavsum 23ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 21ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport