"Yuventus" muxlislari uchun xushxabar
04 apr 2019 14:09
Yangiliklar
"Yuventus" muxlislari uchun xushxabar
"Yuventus" muxlislari jamoa haqidagi so'nggi yangilikdan xursand bo'lishlari aniq.
Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatidan qutildi va "Ayaks"ga qarshi CHempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvida maydonga tushishga tayyor. Portugaliyalik yaxshi formada va davolanishni muddatidan avval yakunladi.
Ronaldu xatto "Milan"ga qarshi bo'ladigan A Serinyaning 31-tur uchrashuvida ham ishtirok etishga tayyor, biroq turinliklar murabbiylari forvard salomatligi bilan tavakkal qilmasa kerak. Bu bahs 6 aprel kuni o'tkaziladi.
34 yoshli Ronaldu Serbiyaga qarshi Evro-2020 saralash o'yinida jarohat olgan edi.
"Ayaks" hamda "Yuventus" o'rtasidagi birinchi o'yin 10 aprel kuni Amsterdamda, javob uchrashuvi 16 aprel kuni Turinda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar