"Yuventus" Moratani "Real"ga qaytarmoqchi emas
14 may 2015 10:19
Yangiliklar


"Yuventus" Moratani "Real"ga qaytarmoqchi emas
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marottaning takidlashicha, klub "Real"ning Alvaro Moratani qayta sotib olish huquqini bekor qilmoqchi.
"Real"ning 22 yoshli tarbiyalanuvchisi 2014 yilning iyulida Turinga ko'chib o'tgan edi. Morata "Qirollik klubi"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim finallarining ikki uchrashuvida gol urib "Yuventus"ga finalni taminladi.
"Afsuski biz boshqa shartlar bilan kelisha olmadik. Morata o'zi kelgan klubni cho'ktirib bizni finalga olib chiqdi. Futbol shunday qurilgan. Biz uning o'yinidan rohatlanyapmiz, ammo kelajakda hammasi uning xohishiga bog'liq bo'lmasligi mumkin. Morata "Yuventus"da qolmoqchi. Biz qayta sotib olish huquqini bekor qilishga urinib ko'ramiz" - deydi Marotta.

Fikrlar