"Yuventus" Moratani qaytarishga harakat qiladi
10 apr 2018 13:49
Yangiliklar


"Yuventus" Moratani qaytarishga harakat qiladi
"Yuventus" klubi "CHelsi" hujumchisi Alvaro Moratani sotib olish varinatlarini ko'rib chiqmoqda.
Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar berdi. Futbolchi oldin Turinda ikki yil davomida to'p tepgan, keyin "Real" o'z tarbiyalanuvchisini qaytib sotib olish borasidagi bandni aktivlashtirgan va Morata Madridga ketgan edi.
Morataning "Yuventus"ga qaytishiga halal berishi mumkin bo'lgan yagona jihat uning maoshi bo'lishi mumkin. Alvaro hozir "CHelsi"da yiliga 8 million evro oladi. "Keksa sinoralar"ning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisi esa Gonsalo Uguain. Argentinalik yiliga 7,5 mln evro maosh oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar