So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

"Yuventus", "Milan" va "Napoli"ga gol urgan "pivochi" Yangiliklar

"Yuventus", "Milan" va "Napoli"ga gol urgan "pivochi"

Bunday futbolchilar haqida maqolalar deyarli yozilmaydi. SHuningdek, ularni kamdan-kam holda buyuk o'yinchilar bilan taqqoslashadi.

Italiya tuprog'i juda go'zal voqealarga boy hisoblanadi. Bu erda gadolar shox bo'lgani yoki avval juda qiyin axvolga tushib, undan matonat bilan chiqib ketgan insonlar haqida ko'plab misollar topish mumkin. Bu borada ular bilan faqat ikki mamlakat raqobatlashishi mumkin — Argentina va Braziliya.

U 1987 yil 6 avgust kuni Apuliya tumanidagi Altamura kommunasida dunyoga keldi. Bu maskan Italiyaning janubida joylashgan. Futboldagi faoliyatini Apuliya havaskorlik chempionatlarida boshladi: avvaliga "Toritto" nomli klubda, keyin esa "Altamura"da o'ynadi. Bu yarim professional darajadagi jamoa bo'lib, u erda asosan qiziqishi va futbolni asosiy kasbga aylantirgan o'yinchilar faoliyat yuritar edi. Uning oilasi boy emasdi. Lekin ota-onasi farzandi professional futbolchi bo'lishi uchun qo'lidan kelganini qilib berishga tayyor edi. Qizig'i shundaki, uning bolalikdagi kumiri Alessandro Del Pero bo'lgan. Ammo uning hayotini umuman boshqa o'yinchi o'zgartirib yuborgan.

Uning yoshidagi futbolchilar kuchliroq, hech bo'lmasa B Seriyada o'ynaydigan klub izlaydi. Ammo u 20 yoshida "Noykattaro"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Bu o'yinchining professional faoliyatida S2 Seriyada debyut qilgan klubi edi. Ammo bankrotga uchragani tufayli bu klub yo'q bo'lib ketgan. Futbolchi u erda bir mavsumdan ko'p qolmadi. Bugungi qahramonimizning ismi Franchesko Kaputo. 31 yoshli o'yinchi A Seriya klubi "Empoli" hujumchisi hisoblanadi.

Kaputoning futbolchilik hayotida ikki narsa tubdan o'zgartirib yubordi: "Bari"ga borishi hamda Antonio Konte bilan bo'lgan uchrashuv. U "Noykattaro" 29 o'yinida 11ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. SHu bilan u "Bari"ning etiboriga tushgan. O'sha vaqtlar "Yuventus", "CHelsi" va Italiya termasining bo'lajak bosh murabbiyi Antonio Konte ushbu jamoani boshqarardi. U paytlar Franchesko 21 yoshda edi. "Bari"ning o'sha mavsumdagi (2008/2009) hujumchisi braziliyalik Paulo Barreto edi. Kaputo esa Davide Landcafame va belorusiyalik Vitaliy Kutuzov galma-galdan maydonga tushardi. Kaputo bu jamoadagi birinchi mavsumida 10ta gol urdi, "Bari" esa yuqoriroq cho'qqiga chiqishga muvaffaq bo'ldi. Ammo italiyalik "Salernitana"ga ijaraga berib yuborildi. A Seriya autsayder jamoasi bo'lgan "Bari" esa elitadan chiqib ketdi. Antonio Konte o'yinchiga yana bir imkon berib, uni "Siena"ga chaqirdi.

"Janob Konte men uchun juda muhim inson edi, ayniqsa "Bari"ga birinchi kelgan paytlarim menga katta yordam bergan. Men uning talablarini yaxshi tushunib olish uchun qayta-qayta savol berardim. U ajoyib murabbiy, lekin ko'p narsalarni talab qilardi. U meni ilk bor "Siena"ga chaqirganida, menga biroz osonroq bo'lgan. CHunki uning taktikasi, hujumchilar bilan ishlash uslubini bilardim. Umuman olganda, ham texnik, ham tajriba tomondan undan ancha narsani o'rgandim. Uning oldida qarzdorman”.

U mavsumning asosiy o'yinchilaridan biri bo'la olmadi. Ammo maydonga tushgan daqiqalari etarlicha bo'ldi. "Siena" juda kuchsiz klub emasdi, lekin Kaputo jamoaning 14 o'yinida 3ta gol urdi. Yozda B Seriyaga qaytgan "Bari” uni yana qayta chaqirdi. O'yinchi bu klubda ikki mavsum davomida 26 gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Italiyada o'sha mashxur Kalchopoli janjalidan so'ng yana bir bukmekerlik kontoralari aralashuvi bor to'palon yuzaga keldi va mamlakat bo'ylab o'nlab futbolchilar so'roq qilindi. Etiborli jihati, ular orasida nafaqat yarim professionallar, balki anchagina mashhur familiyalarni ham ko'rish mumkin edi. Ular orasida "Torino", "Bolonya" va Belgiya termasi sobik darvozaboni Jan-Fransua Jiye hamda "Milan", "Parma" va "Sampdoriya"ning porloq o'yinchi belorusiyalik Vitaliy Kutuzov bor edi. Birinchisi, 3 yil 7 oy, ikkinchisi esa 3 yarim yilga diskvalifikaciya qilindi. Bundan Franchesko Kaputo ham chetda qolmadi.

Malum bo'lishicha, Antonio Konte ("Bari"da) bir nechta bahslarni kelishgan tarzda o'ynagan ekan. Murabbiy esa keyinroq "Yuventus"daligida, bazi versiyalarga ko'ra, o'yinchilari uchrashuvda atayin yutqazib berishlarini bilgan, lekin bu haqida tegishli idoralarga xabar bermagani uchun diskvalifikaciya muddatini o'tadi. Bu ishda Kaputo ham aybdor deb topilgan. Avvaliga, Franchesko va “Bari”ning 13ta o'yinchisi Luka Fasko va Massimo Ganchidan o'yinda mag'lub bo'lish sharti bilan pul olgan deyildi. Natijada FIGC milliy intizom qo'mitasi uni uch yarim yilga diskvalifikaciya qildi, apellyaciya berilganidan keyin ham muddat qisqartirilmadi. Ammo 2014 yil boshida diskvalifikaciya bir yilga qisqartirildi. 2016 yil mayda Kaputo butunlay oqlandi.

"10 yil oldin men o'z orzusini ro'yobga chiqarayotgan yigit edim: "Bari"da professionallar bilan o'ynardim. Ranokkidan tashqari, butun jamoani o'yinni sotganlikda ayblashdi. Ammo kiyinish xonasida boshqalarga qaraganda, senatorlar kattaroq kuchga ega edi. Meni himoya qilgan hamda mashg'ulot qilish imkoniyatini bergan "Bari" va Anjeloccidan minnatdorman. SHuningdek, menga doim ishonch bergan va doim qo'llab-quvvatlagan oilam borligiga ming shukur", – deydi Kaputo “La Gazzetta dello Sport”ga bergan intervyusida.

O'yinchi faoliyatining eng yaxshi pallasida jazolandi. Natijada u 2013/2014 yilgi mavsumni butunlay o'tkazib yubordi. Ammo mashg'ulotdan to'xtamadi. U “xo'rozlar” tarkibiga ajoyib formada qaytdi. B Seriyadagi keyingi to'rt mavsumda ("Bari", "Virtus Entella" (ikki yil) va "Empoli") Kaputo 10tadan kam gol urmadi. (10, 17, 18 va o'tgan mavsum 26ta).

2017 yil 1 aprel kuni u professional darajada o'zining 100-golini urishga muvaffaq bo'ldi. 18 avgust kuni esa "Virtus Entella"dan "Empoli"ga o'tdi. “Adzurri” o'yinchi uchun 2,8 mln evro to'lab, to'rt yilga mo'ljallangan yarim millionlik shartnoma berishdi. Franchesko doim ambiciyalari haqida gapirardi va “Bari” bilan A Seriyadagi 20 o'yin kuchli o'yinchi bo'lib ketish uchun juda kam deb hisoblardi. SHu sababli, u "Empoli"ni tanlagandi. “Ko'klar” ikkinchi divizionda 26ta gol urib, turnirning eng yaxshi to'purarini o'z saflariga qo'shib olishdi. Kaputo esa — orzulari ro'yobini ko'rayotganidan xursand edi. "Empoli" B Seriyaning birinchi pog'onasini egalladi va avtomatik tarzda elitaga qaytdi. Ularga nafaqat Kaputoning gollari, balki bosh murabbiy o'zgargani ham bu darajaga erishishlarida yordam berdi: Vinchenco Vivarinining o'rniga lavozimini "Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Aurelio Andreaccoli egalladi. Bugungi kunda “Empoli” vakillari so'nggi yillardagi eng ajoyib ishlari haqida so'rasa, deyarli hamma shunday javob beradi: "Alfredo Donnarumma i Franchesko Kaputo!".

"Bu faoliyatimdagi eng muhim palla. To'p tepib yurgan bolalik vaqtimda, og'ir paytlar edi, xayotdagi qiyin tanlovimni qilishim kerak edi, buni faqat sportsmen odamgina tushunishi mumkin. Hech qachon taslim bo'lish kerak emas."

Hozirda Franchesko Kaputo A Seriyaga butunlay tayyor. 31 yoshli yigit hayotda ko'p narsani ko'rdi va ajoyib natijalarga erishmoqda. U o'z oldiga katta vazifalar qo'ymaydi, ammo muvaffaqiyatning qadrini yaxshi biladi. Juzeppe Yakini unga ishonadi va Kaputo "Empoli"da 20ta o'yinning barchasida maydonga tushgan ikki o'yinchining biri hisoblanadi. U “Empoli” tarkibi 9 gol urdi. SHuningdek, uning gollaridan "Milan", "Napoli" hamda mamlakat chempioni "Yuventus" ham “aziyat chekmoqda”. B Seriyada 300 o'yinda 118 gol urgan o'yinchi endi A Seriyada ismini zarxal harflar bilan yozish vaqti keldi, chog'i. U buni 8 yil kutdi va imkoniyatidan unumli foydalanishga harakat qilmoqda.

"Men “Empoli”da ideal muhitni topdim: bu erda insonlar bilan munosabatim yaxshi. SHaharni ham juda yaxshi ko'raman. SHuning uchun, bu erda o'zimga uy ham sotib oldim".

Qizig'i shundaki, Franchesko Kaputoning futboldan tashqari yana boshqa ishlari ham bor — u do'stlari bilan pivo tayyorlaydi. "Bu ish bilan shug'ullanish g'oyasi birdan paydo bo'lgan. Tushlik payti edi. 3ta og'ayni suhbatlashib o'tirgan edik. Pivo tayyorlaydigan bilan kelishib, tarkibini to'g'ri topmagunimizcha, bir necha marta ishni sinovdan o'tkazdik. U pasterizaciya ham qilinmagandi, filtrlanmagandi ham. Pivo shirin bo'lishiga qaramay, biroz achchiq va citrus mazasi ham bor edi. Biz uni Perujada ishlab chiqaramiz. Mahsulotimizni faqat restoranlardan topish mumkin. Sredi nashix Mijozlarimiz orasida mashhurlar ham bor. SHuningdek, yaqin kunlarda chet eldan ham bizga taklif tushdi. Masalan, Kaliforniyadan”. Bu o'yinchining futboldan keyingi hayoti ajoyib bo'lishiga shubha yo'q.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика