"Yuventus" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi
27 noy 2020 12:58
Yangiliklar


"Yuventus" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi
"Manchester Yunayted" xavbeki Donni van de Bek faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
23 yoshli futbolchining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. "Keksa sinora" bosslari niderlandiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
SHuningdek klublarning o'yinchi almashishlari ham istisno etilmayapti. Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" van de Bekni "Ayaks"dan 40 mln evro evaziga xarid qilgan edi.
Tomonlar esa 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar