So’nggi yangiliklar

20:05Расман: "Нефтчи"га қўйилган трансфер тақиқи бекор қилинди  0 19:49Бернарду Силва "Манчестер Сити"нинг "Реал"дан учралган мағлубияти сабабларини айтди  0 19:23"Манчестер Юнайтед" "Реал" ва "Барселона" футболчиларига қизиқмоқда  2 18:58"Барселона" Гринвуд учун курашга киришди  1 18:30Стоунз узоқ муддатга сафдан чиқди  9 18:03Гвардиола нима учун Де Брюйнени "Реал" билан ўйинда майдонга туширмади?  6 17:35Европа Лигаси 1/8 финалига қуръа ташланди: "Рома" "Атлетик" билан, МЮ "Реал Сосьедад" билан рўбарў келади  5 17:21"Сурхон" навбатдаги трансферини эълон қилди  1 16:58"Милан" ўсишдан тўхтаб қолган Леауни сотмоқчи  6 16:32Суперлига 1-тур учрашувларининг бошланиш вақти эълон қилинди. "Пахтакор" – "Машъал" ўйини қолдирилди  41 16:23ЕЧЛ 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Реал" "Атлетико" билан, "Ливерпуль" ПСЖ билан ўйнайди!  91 16:08Ўзбекистон U-17 терма жамоаси халқаро турнирда 3-ўринни қўлга киритди!  6 15:40​АПЛда ўйновчи 3 марказий ҳимоячи "Реал" шорт-листида  1 14:49"Манчестер Сити" ва "Ливерпуль" "Брайтон" юлдузи учун 115 млн фунт тўламоқчи  6 14:21"Челси" нигериялик ҳужумчига кўз тикди  2

Italiya Kubogi. Ekstra taymlargacha etib borgan bahsda "Jenoa" "Yuventus"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Italiya Kubogi. Ekstra taymlargacha etib borgan bahsda "Jenoa" "Yuventus"ga mag'lub bo'ldi

Italiya kubogi nimchorak final doirasidagi navbatdagi uchrashuv start olishiga oz fursat qoldi.

"Yuventus" – "Jenoa" 3:2

"Alyanc Stedium"

Gollar: 1:0 – 2 Kulusevski, 2:0 – 23 Morata, 2:1 – 28 CHiborra, 2:2 – 74 Melegoni, 3:2 – 104 Rafya.

"Yuventus" – Buffon, Kellini (Bonuchchi, 65), Dregushin, Demiral (Danilo, 65), Uesli (Ronaldu, 88), Artur, Bentankur (Rabo, 46), Kulusevski, Portanova (Rafya, 77), Bernardeski, Morata.

"Jenoa" – Paleari, Gilone, Goldaniga, Bani, CHiborra (Ebong, 112), Rovella, Melegoni (Radovanovich, 105), Pyaca, Lerager, Dumbrevanu (Males, 97), Skamakka.

Ogohlantirishlar: Bentankur (25), Dumbrevanu (29), Gilone (41), Goldaniga (90), Bani (116), Rovella (119).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

119. Hech "Yuventus" vaqtni cho'zganini ko'rganmisiz, ayniqsa "Jenoa"dek jamoaga qarshi. Ha, ular bugun shu ishga qo'l urishmoqda.

118. "Jenoa" futbolchisi Ravella Rafiyaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

114. Lerager ajoyib vaziyatni yo'qqa chiqardi. Uning zarbasidan so'ng to'p mezbonlar darvozasi ustidan o'tib ketdi.

111. Paliari! Kulushevskining yaqin masofadan bergan zarbasini "Jenoa" posboni qaytarishga erishdi.

110. "Yuventus" tezkor qarshi hujumga o'tdi va Ronalduning kuchsiz pasi 4ga 2 vaziyatni yo'qqa chiqardi.

108. ZARBAAAA! Burchakdan uzatilgan to'pni Radovanovich darvozaga yo'lladi, "Yuve" futbolchisi Artur to'pni chiziq ustidan qaytarib qoldi.

106. Ikkinchi ekstra taym boshlandi.


TANAFFUS!

105. GOL! RAFIYA! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Hamza Rafiya Morataning uzatmasidan so'ng raqib jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

102. Ronaldu jamoadoshidan unga o'tgan to'pga o'zi istaganidek zarba bera olmadi.

96. ZARBAAA! Raboning bosh va oyoq bilan bergan zarbalari muvaffaqiyatsiz chiqdi. Birinchisida posbon seyv ijro etdi, ikkinchi zarba noaniq bo'ldi.

94. "Yuventus"ning qarshi hujumi Morataning chap oyoqdagi zarbasi va seyv bilan yakun topdi.

93. SKAMAKKA! Uning zarbasi Bernardeskiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi esa omadsiz yakun topdi.

91. Ekstra taymlar boshlandi.


UCHRASHUVNING ASOSIY VAQTI YAKUNLANDI! EKSTRA TAYM KO'RAMIZ!

90+2. Ronalduning zarbasidan so'ng to'p "Jenoa" darvozasi ustidan o'tib ketdi.

90+1. Ronaldu raqib jarima maydonchasi yon chizig'i ustida standart ishlab oldi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Ronaldu raqib posboni bilan birga-bir chiqishga yaqin edi, ammo "Jenoa" himoyachisi bunga imkon bermadi.

88. O'zgarish: Useli o'rniga Krishtianu Ronaldu maydonga tushdi.

83. Krishtianu Ronaldu kiyinishni boshladi. "Yuventus"ga uning yordami kerak. SHomurodov esa hali ham ko'rinmadi.

74. GOOOOLLL! "JENOA" hisobni tenglashtirdi! 2:2! Melegonining super zarbasini Buffon qaytara olmadi.

70. Skamakkaning jarima zarbasidan so'ng to'p darvozaga emas, tribunaga uchib ketdi.

67. Mezbonlarning o'zgarishlaridan so'ng "Jenoa" hujumga o'ta boshladi, ammo Turin klubi himoyachilari yaxshi harakat qilishmoqda.

65. "Yuventus" safida o'zgarish: Demiral o'rniga Danilo, Kellini o'rniga Bonuchchi maydonga tushdi.

62. "Yuventus" tezkor qarshi hujum amalga oshirdi, ammo Morata to'pni o'zida saqlab, pas bermay, darvozani ishg'ol qilishga uringani uchun vaziyat golsiz yakun topdi.

56. Ushbu bosqich (1/8 final) bitta o'yindan iborat. Agar asosiy vaqt durang bilan yakun topsa, ikkita 15 daqiqalik esktra taym va penaltilar seriyasini ko'rishimiz mumkin.

53. ZARBAAAA! Pyacaning superzarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi. Xatto Buffon ham to'pni kuzatishdan boshqa hech narsa qila olmadi.

50. "Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata qarshisidagi raqibini aldab o'tdi va yana o'tkir burchakdan "Jenoa" darvozasini ishg'ol qilishga urindi va bu safar ham Paleari seyv ijro etdi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi. "Yuventus" bo'limni o'zgarish bilan boshladi. Bentankur o'rniga Rabo maydonga tushdi.


TANAFFUS!

44. GOL, ammo yana OFSAYD! "Yuventus"ning navbatdagi goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi.

42. Zaxiradagi Ronaldu mashg'ulotlarni boshlab yuborgan, ammo hozircha bizga SHomurodovni ko'rsatishmadi.

38. Morata to'pni raqib jarima maydonchasi ichidagi Kulushevskiga uzatdi, biroq Deyan to'pga eta olmadi.

36. Standart uzatma orqali boshlandi, ammo ushbu hujumning so'nggi zarbasi noaniq bo'ldi.

35. "Jenoa" raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi.

32. GOL, ammo u hisobga olinmadi! Hakam ofsayd bor ekanligini ko'rsatdi. "Yuventus" safida Artur gol urgandi, biroq oldinroq Morata ofsaydda qolib ketgani uchun gol bekor qilindi.

30. Bernardeskining yaqin masofadan va o'tkir burchakdae bergan zarbasini posbon qaytardi.

28. GOOOOL! CHIBORRA! Hisob qisqardi! Qanotdan uzatilgan to'pni 99-raqamdagi CHiborra boshi bilan darvoza to'riga joyladi.

25. Zarbalar bo'yicha hisob 10-1. Kim oldinda ekanligini bilsangiz kerak. Ha, "Yuventus".

23. GOL! MORATA! Bentankur to'pni markazroqdagi Kulushevski uzatdi, Deyan esa to'pga bir teginish bilan Alaroni Paleari bilan birga-bir chiqardi. Ispaniyalik forvar chap oyog'i bilan darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi.

21. O'yin tempi biroz pasaydi va so'nggi 5 daqiqa ichida to'p uchun kurash maydon markazida kechmoqda.

17. Kulushevskida ajoyib vaziyat bo'ldi, ammo u pas berish o'rniga darvozani ishg'ol qilishga urindi. Urinish esa burchak zarbasi bilan yakun topdi.

16. ZARBA! Morata o'tkir burchakdan Paleari darvozasiga zarba berdi va kutilganidek posbon seyv ijro etdi.

13. ZARBAAAAA! Bentankurning ajoyib uzatmasidan so'ng Kulushevski "Jenoa" darvozaboni bilan birga-bir qoldi. Ushbu duelda posbon g'olib chiqdi.

13. CHiborra ajoyib pasni amalga oshirdi, ammo uning jamoadoshi bu g'oyani tushunmadi.

9. Uchrashuvning har bir daqiqasida "Yuventus" vaziyat yaratmoqda. Bu safar Uesli o'zi boshlagan hujumni o'zi zarba bilan yakunladi. "Jenoa" posboni to'pni ushlab oldi.

8. Jarima zarbasi uzatmaga aylandi, ammo Demiral to'pni maydonda saqlab qola olmadi.

7. Rovella o'z jarima maydonchasi yaqinida Kellinini yiqitdi. Gol urish uchun qulay standart vaziyat.

6. Morata "Jenoa" maydonchasida yiqildi, ammo hakam penalti yo'qligini ko'rsatdi.

5. Skamakka chap qanotdan markazroqqa surildi va Buffon darvozasi tomon zarba berishga urindi, ammo himoyachilar halal bergani uchun zarba ko'ngildagidek chiqmadi.

4. "Jenoa" tezda javob qaytarishga urindi, ammo CHiborraning uzatmasini "Yuventus" himoyachilari maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi. Burchak zarbasi esa muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

2. GOL! Deyan Kulushevski hisobni ochdi! Kellinining ajoyib uzatmasini Kulushevski aniq zarba bilan golga aylantirdi. "Jenoa" o'yinni tezkor gol o'tkazish bilan boshladi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Hamyurtimiz Eldor SHomurodov va Krishtianu Ronaldu mazkur o'yinni zahira o'rindig'ida boshlashadi.

"Yuventus" - "Jenoa" uchrashuvini tomosha qilish uchun HAVOLA 

Reyting: -55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика