"Yuventus" Ispaniya terma jamoasi hujumchisini xarid qilmoqchi
03 jan 2020 13:11
Yangiliklar


"Yuventus" Ispaniya terma jamoasi hujumchisini xarid qilmoqchi
"Valensiya" forvardi Rodrigo Moreno "Yuventus"ga o'tishi mumkin.
"Valensiya" o'z futbolchisi uchun 120 million evro talab qilmoqda. Turinliklar esa bunday miqdordagi pulni to'lashga tayyor emaslar.
Ular "ko'rshapalaklar" vakillari bilan narx borasida muzokaralar olib borishmoqchi.
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Rodrigoning transfer narxi 50 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Rodrigo joriy mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assistga erishdi. U 2014 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar