So’nggi yangiliklar

12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  1 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  15 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  6 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  3 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  12 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  38 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  4 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1

"Yuventus" inqirozida kim aybdor? Yangiliklar

"Yuventus" inqirozida kim aybdor?

Uzoq yillardan buyon "Yuventus" prezidenti Andrea Anellining fikr-u hayoli klub imijini yanada rivojlantirish bilan band bo'lib qoldi.

Agar transferga qo'l ursa, u top o'yinchi bo'lishi shart. Agar gap sovrin haqida ketsa, u faqat CHempionlar Ligasidagi g'alaba bo'lishi darkor — A Seriya esa uni qiziqtirmay qo'ygan. Qaysidir manoda, manmanlik Anelliga orzulari bilan bandligida loyiha tanazzulga uchray boshlaganini sezishiga to'sqinlik qildi. Endi esa "Yuventus" hammasini boshidan boshlamoqda.



2015 yilning yozida, "Yuventus"ning 12 yil ichida ilk bor CHempionlar Ligasi finalidan ikki oy o'tib, klub prezidenti Andrea Anelli shunday dedi: "Biz to'g'ri yo'nalishda ketyapmiz. Klub bilan bo'layotgan o'zgarishlar menga yoqayapti. Biz top raqiblarimizga qarab, nimadirni o'zlashtiryapmiz, yangi o'zgarishlar qilyapmiz. Biz shundoq ham grand jamoamiz, biroq reja — klub nomini yanada tanitish va maqomni keng miqyosda kengaytirish. "Real" va "Barsa"ni ortda qoldirib-a? Ha, bo'lishi mumkin".

2021 yilning kuzida "Yuventus" tushunarsiz "qayta qurishga" o'ralashib qoldi. Transfermarkt malumotlari bo'yicha TOP-30ga kiruvchi futbolchi ham yo'q. "Yuve" CHempionlar Ligasi uchun kurashda favoritlardan biri emas va Skudetto uchun kurashda ham asosiy davogar emas. Buni noyabr oyidagi pauzadan oldin jamoaning oraliq holati ko'rsatadi: jamoa 12ta o'yinda atigi 18 ochko to'pladi va evrokubok hududidan tashqarida "aylanib yuripti" (8-o'rinda).



Megagranddagi transformaciya omadsiz yakun topdi. Anelli bir qarashda barcha ishni to'g'ri qilgan bo'lsa-da, mag'lub bo'ldi. Nega...?


"Yuventus" tarbiyalanuvchi-murabbiyni to'g'ri tanlay olmagan

Eng asosiy sabab — o'z-o'zini yo'q qilishga olib keladigan portlashlar zanjirini ishga tushirdi. Massimiliano Allegridan so'ng, "Yuve" 2019 yil jamoani Mauricio Sarriga ishonib topshirdi. U kuchsizroq, ammo ishonchli variant edi. Sarri titulni saqlab qoldi, biroq sindi: Ronaldu bilan kelishmovchilik (masalan, Krishtianu maydondan zaxiraga ketayotganda, uning qo'lini siqib qo'ymagan edi), g'alati taktika, kutilmagan mag'lubiyatlar, CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlik. Oxir oqibat: mavsum oxirida darhol istefoga chiqish.

Anelli yosh murabbiylarni asosiy jamoaga sekin-asta olib kelish muhim ekanligi haqida ko'p marotaba aytgan. 2017 va 2018 yil u "Real" va "Barsa"ning ish olib borishidan hayratini yashirmay aytgan. U ayniqsa, La Liga va ECHLda zafar quchgan klubga begona bo'lmagan Zinedin Zidan va Xosep Gvardiolaning ishiga qoyil qolgandi.


Anelli kutilmaganda, Sarridan keyin jamoaga Andrea Pirloni taklif qildi. U 9 kun ichida "Yuventus" U-23 murabbiyi vazifasidan Turin klubi bosh murabbiyi lavozimiga o'tirdi. Voqea shunday bo'lgandi: 30 iyul kuni — turinliklar yoshlar jamoasini qabul qildi. Bu uning murabbiylik faoliyatidagi ilk ish joyi; 8 avgust kuni esa "Yuventus" bosh murabbiyi bo'ldi.

U eng qulay variant edi. Pirloning futbolchi sifatidagi zakovati barchaga malum, bazilar (Janluijji Buffon, Leonardo Bonuchchi va Jorjjo Kellini) u kelajakda ajoyib murabbiy bo'lishini takidlashgandi. Qo'shimchasiga bu imij tomondan ham foydali bo'lib, o'ziga xos tekin reklama edi. Pirlo o'sdi, yangi lavozimda malakasini oshirdi, ammo mag'lub bo'laverdi. U "Yuventus"ni "uyg'ota olmadi" va jamoa dastlabki bosqichlardan (1/8 finaldayoq) ECHL turniridan chiqib ketdi. Eng muhimi, Italiya chempionatidagi g'alabali seriyaga nuqta qo'ydi.

Pirloning taklif qilinishi foyda bermadi. Anelli ko'r-ko'ronalik bilan "Barselona" va "Real" amalga oshirgna ishlarni ko'chirishga urindi, ammo bir narsani hisobga olmagandi: Gvardiola va Zidanning asosiy jamoa bosh murabbiyligiga kelganidayoq malum tajribasi bor edi, Andreaniki esa — yo'q. Italiyalik bir mavsum ishladi xolos. Keyin esa "Yuve" yana Allegriga ishonch bildirdi.



Anelli Superliga orqali "Yuve"ni asosiy grandga aylantirmoqchi edi

Aprelda Superliga sabab futbol olami qisqa to'ntarilishga uchradi. Bosh rollarda "Yuventus", "Real" va "Barselona" edi. Loyihani "reklama" qilishda "byankoneri" barchadan faolroq edi: buning uchun Anelli halollik va principlarni unutishga ham rozi bo'ldi.

Anelli UEFA prezidenti Aleksander CHeferin bilan qalin do'st edi va Superliga loyihasi elon qilingunga qadar unga yolg'on gapirgan hamda UEFAni qo'llab-quvvatlashga vada bergan. CHeferin uning yaqin do'sti va qizining cho'qintirgan otasi ham edi. Biroq shov-shuvli loyihadan keyin UEFA prezidenti shunday dedi:

"Men turli muammolar va odamlarni uchratganman. Biroq bunaqasini avval ko'rmagandim. Anelli haqida gapirishni istamayman. Hayotim davomida bunchalik hafsalam pir bo'lmagan. Menga hech kim bunchalik ko'p va qatiy yolg'on gapirmagandi. SHanba kuni, birinchi gap-so'zlar tarqalganida u meni tinchlantirdi. Keyin qo'ng'iroq qilib, Superliga haqida gaplashishga vada berib, telefonini o'chirib qo'ydi. Undan so'ng, do'stlari bilan loyihani amalga oshirishga kirishdi".



Amalda g'oya tashabbuskori va asosiy inson "Real" prezidenti Florentino Peres edi. Anelli uni barcha ishda qo'llab-quvvatladi, lekin "Yuventus" manfaatlari yo'lida. Maqsad — "Real" bilan bir qatorda, loyihada muhim o'ringa ega bo'lish edi. Natijada u boshqa yo'ldan ketdi: Superliga omadsizlikka uchradi, ishtirokchi klublar loyihadan chiqqanini elon qilib, kechirim so'radi. Anelli ham do'stini yo'qotdi, ham klubni yangi darajaga olib chiqa olmadi.

Biroq u taslim bo'lmayapti. Sentyabrda shunday dedi:

"Men hamon Superliga jozibasini yo'qotmagan deb hisoblayman va loyihaga ishonishda davom etaman. Sanoat o'z joyida to'xtab qoldi, futbol esa yangilanishga muhtoj. Hamkasblarimiz bilan jahonga yorqin loyihanii taklif qilgandik, ammo dunyo buni rad etdi. Taslim bo'lib, Superligadan voz kechamanmi? Intervyugacha bunday qilmadim — keyin ham unday bo'lmaydi".


"Yuventus"da barqaror moliyaviy model vada qilgandi — bu ham amalga oshmadi

Pandemiyadan keyingi Italiya koronavirus inqirozidan hamon aziyat chekmoqda. Yarim yildan beri qimmat transferlar bo'lmadi, klublar esa har bir centni rejalab sarflamoqda.

Bu holat "Yuventus"ni ham chetlab o'tmadi. Super-jamoa kovidning tasiriga dosh berolmadi va birdaniga qashshoqlikka tushib qoldi. Bu Anelli uch yil avval aytgan gaplariga butkul to'g'ri kelmayapti: "Biz Evropadagi eng moliyaviy — barqaror klub qurish ustida ishlayapmiz. Biz moliyaviy jihatdan Evropaning eng barqaror klubini qurish yo'lida mehnat qilyapmiz. Bir necha mavsum o'tib, niyatimizga etamiz. Maqsad — turli muammolarga qaramay, har yili g'alabalar orqali daromadni oshirish". 

"Swiss Ramble" "Yuve"ning 2020/21-mavsum uchun moliyaviy imkoniyatlarini o'rganib chiqdi. Vaziyat Anelli orzu qilganidan ancha farq qiladi:

— Soliqlarni hisobga olmagandagi zarar 2021 yilda 210 mln evroni tashkil qildi. Oxirgi marta "Yuve" 2017 yil bu borada foydaga kirgandi.
— Sotilgan futbolchilar transferidan tushgan pullar — 31 mln evro. 2015 yildan buyon eng yomon ko'rsatkich.
— Klub maoshlarga 323 mln evro ishlatdi. Oxirgi 10 yilda faqat 2018 yil raqamlar kattaroq bo'lgandi. Biroq unda koronavirus yo'q edi.
— Matchdeydan "Yuventus" 2021 yil o'rtacha 8 mln ishlab topdi.



"Yuventus" imiji haqida qayg'urardi, lekin barchasi teskari tomonga ketaverdi. Ronalduning xaridi millionlab pullarni ham, ECHL bosh sovrinini ham olib kelmadi. Biroq janjallar etarlicha bo'ldi — "Real"ga to'langan kattagina summa, FIAT zavodlarida oddiy ishchilarning maoshi qisqarishi. Yakunda esa Ronaldu zerikib qoldi va "Manchester Yunayted"ga qaytib ketdi.

Anelli o'ziga shu qadar ishondiki, transferlar masalasini yolg'iz hal qila olishga kirishdi. Natijada, Beppe Marotta klubdan ketdi va "Inter" bilan shartnoma imzolab, Milanda juda qiziqarli loyihaga qo'l urdi.

Qo'shimchasiga, "Yuventus" akademiyasi ham ko'ngildagidek ishlamayapti. Transfermarkt va uning klub maktabi tarbiyalanuvchilari haqidagi bo'limi shunday "deydi":

Eng qimmat futbolchi – Moyze Kin. Ronaldu ketgach, shoshilinch tarzda uni "Yuventus"ga qaytarishdi.
Keyingisi – Daniele Rugani. Yangi Bonuchchi bo'lishi kerak bo'lgan, ammo amalda ishlari yurishmay qolib, endi "Yuve" unga normal xaridor topa olmay qiynalayotgan markaziy himoyachi.
"Yuventus"ning eng qimmat tarbiyalanuvchilari TOP-25ga kiruvchilardan faqat uch nafari klubda.


Buyog'iga nima bo'ladi?

Katta ehtimol bilan 2021/22-yilgi mavsumda hech nima o'zgarmaydi. "Yuve" A Seriya kuchli uchligida yoki unga yaqin hududda bo'ladi. Biroq kuchsiz va o'ta konservativ o'yin ko'zga yaqqolroq tashlana boshlaydi. Klubning o'yindagi muammolarni engib o'tishga resurslari bor, ammo maksimal vazifalar qo'yish uchun (ECHLning oxirgi bosqichlari) ular etarli emas.



Allegri hozircha barchasini to'g'ri qilmoqda: jamoa boshqaruvini qo'lga oldi va undagi muammolarni o'z principiga ko'ra hal qilmoqda. U buni ochiq aytdi ham: "Kelajakdagi rejalaringiz deb mendan yaqin yarim yil ichida so'ramay tursangiz. Hozir qilinishi kerak bo'lgan asosiy ish — qidirish, qo'llab ko'rish va qurish. Bugungi "Yuventus" bilan ishlash — anchayin qiyin va ko'p energiya talab qiladigan mashg'ulot. Lekin men o'z kuchimga, loyihaga va qiyin pallada rahbariyat meni qo'llashiga ishonaman".


Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da "Lacio" - "Yuventus" uchrashuviga start beriladi. Bizdan uzoqlashmang!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика