"Yuventus" hujumchisi MYUga o'tishiga bir qadam qoldi
04 avg 2019 18:42
Yangiliklar
"Yuventus" hujumchisi MYUga o'tishiga bir qadam qoldi
"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich "Manchester Yunayted"ga o'tishga rozi bo'ldi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, futbolchi ushbu yozdayoq Angliya jamoasiga o'tadi va 2021 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Xorvatning klubdagi yillik maoshi 6 million evroni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, uning transfer narxi 15 million evroga teng bo'ladi.
O'tgan mavsumda u jamoasi tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 10 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.
Fikrlar