"Yuventus" Gvardiola bilan muzokaralarni boshladi
05 mar 2019 20:43
Yangiliklar


"Yuventus" Gvardiola bilan muzokaralarni boshladi
"Yuventus" rahbariyati Massimiliano Allegri o'rniga boshqa nomzod izlash bilan band.
"Football Italia" xabariga ko'ra, Turin superklubi Pep Gvardiolani nishonga olgan. Ular yozdayoq murabbiyni o'z jamoasiga jalb etmoqchi.
"Yuventus" rahbarlari Gvardiolaning agenti bilan uchrashgan va muzokaralarning ilk bosqichini boshlab yuborgan.
Gvardiola 2016 yilda "Manchester Siti" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi. Jamoa ispaniyalik qo'l ostida o'tgan mavsumda APL chempioni bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar