"Yuventus" Gosensning transferidan voz kechdi
14 iyu 2021 16:05
Yangiliklar
"Yuventus" Gosensning transferidan voz kechdi
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati "Atalanta" himoyachisi Robin Gosens bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qildi.
"Keksa sinora"ga 27 yoshli futbolchi uchun bergamoliklar tomonidan talab qilinayotgan 50 million evro miqdoridagi mablag' yoqmadi.
Robin 2017 yildan beri "Atalanta"da o'ynaydi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Gosens o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar