"Yuventus" futbolchisi uch haftaga safdan chiqdi
20 iyu 2020 16:07
Yangiliklar


"Yuventus" futbolchisi uch haftaga safdan chiqdi
"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro lazaretga tushdi.
Braziliyalik futbolchi tizzasidan jarohat oldi va shu sabab uch hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aleks Sandro joriy mavsum "Yuventus" libosida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Sandro "Yuventus"ga 2015 yilda "Portu"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar