"Yuventus" etakchisi "Atalanta"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
17 noy 2019 14:57
Yangiliklar


"Yuventus" etakchisi "Atalanta"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich jarohati sababli Bosniya va Gercegovina termasi ixtiyoridan qaytib ketdi.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi Evro-2020 saralashi doirasida Italiya termasiga qarshi bahsda jarohatlangan. Futbolchi ayni damda "Yuventus" qarorgohiga etib kelgan. Bugun u tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ladi.
Nima bo'lgan taqdirda ham Pyanich 23 noyabr kuni "Atalanta"ga qarshi bahsda qatnashmaydi.
Pyanich ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar