“Yuventus” Dibalaning holati bo'yicha rasmiy malumot berdi
05 may 2020 20:15
Yangiliklar


“Yuventus” Dibalaning holati bo'yicha rasmiy malumot berdi
Turinliklar rasmiy sayti jamoa azosi Paulo Dibala hali hamon COVID-19 infekciyasidan forig' bo'lmaganini xabar qildi.
Daniele Rugani va Blez Matyuidi koronavirusdan to'la sog'aygani tasdiqlandi. Ular topshirgan testlar salbiy (hech narsa aniqlanmadi) chiqdi. Biroq, Dibalaning tahlillari kutilgan natijani bermagan.
OAV xabariga ko'ra, Dibalada kasallik alomatlari bo'lmasa ham unda virus saqlanib turibdi. Argentinalik futbolchi 21 mart kuni COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgani malum bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar