"Yuventus" Dibalani sotishga tayyor
13 apr 2019 13:56
Yangiliklar


"Yuventus" Dibalani sotishga tayyor
"Yuventus" klubi "Benfika" vingeri Joau Felishni xaridiga pul topish uchun jamoa hujumchisi Paulo Dibalani sotishga tayyor.
Malumotlarga ko'ra, "keksa sinora" 19 yoshli futbolchini Lissabon klubidan sotib olmoqchi. Biroq uning transferiga kamida 100 mln. evro kerak bo'ladi. Italiya chempioni bu pulni argentinalik hujumchini pullash orqali topish niyatida.
Joriy mavsum Dibala "Yuventus" safida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 6ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar