"Yuventus" Dibalaga yiliga 10 million evro to'lashga tayyor
28 iyu 2021 15:11
Yangiliklar


"Yuventus" Dibalaga yiliga 10 million evro to'lashga tayyor
"Yuventus" rahbariyati forvard Paulo Dibala bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda.
"Keksa sinora" o'yinchi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor.
Unga ko'ra, 27 yoshli hujumchining yillik maoshi 10 million evroni tashkil etadi. Dibala esa boshqa klublarning taklifiga qaramasdan, Turin klubida qolishga qarshi emas.
Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar