"Yuventus" de Ligt uchun 55+10 mln evro ko'rinishidagi shartnoma taklif qiladi
04 iyu 2019 11:50
Yangiliklar


"Yuventus" de Ligt uchun 55+10 mln evro ko'rinishidagi shartnoma taklif qiladi
"Yuventus" yaqin soatlar ichida "Ayaks"ga himoyachi Matteys de Ligt bo'yicha boshlang'ich taklifni yuboradi.
Turinliklar 19 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun 55 million evro va 10 million evro hisobidagi bonuslar to'lashga tayyorlar.
De Ligtga boshqa davogarlar ichida PSJ ham bor, ammo "Yuventus" parijliklardan farqli o'laroq himoyachi bilan shaxshiy kelishuvga egalar.
O'z o'rnida "Ayaks" de Ligt uchun 75 million talab qilmoqda.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar