"Yuventus" De Ligt bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda
22 may 2022 10:55
Yangiliklar
"Yuventus" De Ligt bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda
"Yuventus" va Matteys de Ligt shartnomani uzaytirish borasida oldinga yana bir qadam tashladi.
22 yoshli himoyachi bilan kelishuv 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Yangi kelishuvda esa niderlandiyalik futbolchining agentlari mijozining tovon pulini kamaytirishni so'ragan.
Oldinroq malum qilinganidek, tomonlar 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Ushbu mavsumda himoyachi 31 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.
Fikrlar