"Yuventus" Braziliya terma jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda
13 apr 2020 14:27
Yangiliklar
"Yuventus" Braziliya terma jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda
"Portu"ning braziliyalik himoyachisi Aleks Telles Turinning "Yuventus" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Italiya klubi rahbariyati 27 yoshli futbolchini yozgi transferlar oynasida "Alyanc Stadium"ni tark etishi mumkin bo'lgan Mattia De SHiloning o'ringa olib kelmoqchi.
Xabar qilishicha, Tellesning xizmatlariga shuningdek "CHelsi" klubi ham qiziiqish bildirmoqda.
Telles 2016 yildan beri "Portu"da o'ynaydi. Ungacha esa Turkiyaning "Galatasaroy" klubida 2014 yildan 2015 yilgacha o'ynagan va "Inter"da ham bir mavsum o'tkazgan.
Himoyachi joriy mavsum Portugaliya chempionatida 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
08:10
A Seriya. 3-turning markaziy uchrashuvida hisob ochilmadi, SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shildi 6
Fikrlar