“Yuventus” “Bavariya” himoyachisini nishonga oldi

7 apr 2018, 09:10
Bernat Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Turinliklar qanot himoyasini kuchaytirish haqida o'ylamoqda. Buning uchun esa “Bavariya”dan Xuan Bernatni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoda. Bernatning o'zi esa “Bavariya”dan tezroq ketmoqchi. Xuan o'ziga imkoniyat berilmayotganidan  norozi. Ispaniyalikning jamoa bilan shartnomasi 2019 yilda o'z nihoyasiga yetadi. “Bavariya” “Kyoln”dan Yonas Xektorni sotib olayotgani tufayli Bernatni jamoada ushlab qolmoqchi emas. “Yuventus” uchun esa bu ayni muddao holatdir.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport