"Yuventus" "Barsa"ga Pyanichni Remziga alishtirishni taklif qildi
17 iyu 2021 17:12
Yangiliklar
"Yuventus" "Barsa"ga Pyanichni Remziga alishtirishni taklif qildi
"Yuventus" "Barselona" xavbeki Miralem Pyanichni qo'lga kiritishdan umid uzmagan.
"Byankoneri" Arturning jarohati sabab boshqa yarim himoyachi izlamoqda. Braziliyalik futbolchi taminan 3 oyga safdan chiqqan.
Turin klubi "blaugranlar"ga Pyanichni xavbek Aaron Remziga alishtirishni taklif qilgan, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Bosniyalik o'yinchining "Yuventus"ga qaytishiga to'siq bo'lishi mumkin bo'lgan bir jihat futbolchining maoshi: Pyanich "Barselona"da yiligi taxminan 9 mln evro topadi va "Yuventus" unga buncha maosh bera olmaydi.
Fikrlar