"Yuventus" "Atletiko"ga qarshi bahsda rekord daromad oldi
13 mar 2019 16:50
Yangiliklar


"Yuventus" "Atletiko"ga qarshi bahsda rekord daromad oldi
"Yuventus" rasmiy saytining malum qilishicha, klub "Atletiko"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida rekord daromad ko'rdi.
Italiya grandi bitta o'yinda umumiy hisobda 5,5 mln. evro pul ishlab olgan. "Yuventus"ning avvalgi rekordi 2018 yilning noyabr oyida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda bo'lgan. O'shanda "keksa sinora" 5 mln. evro daromad topgan edi.
"Yuventus" "Atletiko"ga qarshi bahsda hujumchi Krishtianu Ronalduning 3ta goli tufayli yirik g'alabaga (3:0) erishdi va keyingi bosqichga chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar