"Yuventus" Aleks Sandroga yangi bitim taklif qiladi
28 fev 2023 14:55
Yangiliklar
"Yuventus" Aleks Sandroga yangi bitim taklif qiladi
Turin klubi futbolchisi Aleks Sandroga yangi shartnoma taklif qilish ustida ishlayapti.
Garchi avvalgi xabarlarda 32 yoshli futbolchi yozda shartnomasi tugaydigan vaqtda jamoani tark etishi aytilgan bo'lsa-da, so'nggi xabarlarga ko'ra, "byankoneri" futbolchisi bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi.
Aleks Sandro joriy mavsum Massimiliano Allegri qo'l ostida A Seriya klubi safida jami 27 ta o'yinda maydonga tushdi.
Braziliyalik himoyachi 2015 yilning yozida Italiya jamoasi azosiga aylangan edi.
Fikrlar