So’nggi yangiliklar

08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  0 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  4 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  5 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  6 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5

"Yuve"ning qaqshatqich mag'lubiyati, "Milan" "Inter"ni oldinga o'tkazmadi: A Seriya 14-tur yakunlari Yangiliklar

"Yuve"ning qaqshatqich mag'lubiyati, "Milan" "Inter"ni oldinga o'tkazmadi: A Seriya 14-tur yakunlari

Teglar :  Italiya A Seriya
A Seriyaning navbatdagi tur bahslari nihoyasiga etdi.

"Yuventus" mag'lub bo'ldi

"Fiorentina" bilan bo'ladigan bahs yaxshi kayfiyatda tanaffusga chiqish uchun ajoyib sabab sifatida ko'rilgandi, ammo "keksa sinora"ning rejalari chappasiga ketdi. Riberi sherigi Vlaxovichga to'pni ajoyib tarzda etkazib berdi, serbiyalik hujumchi Bonnuchini aldab o'tib, bahsning 3-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. "Yuventus" hujum qilishga kirishdi, lekin 18-daqiqada Kuadrado juda qo'pol o'ynadi va o'yindan chetlatildi. "Yuve" sust o'ynayotganini payqagan "Fiorentina" bir qator hujumlar uyushtira boshladi, ayniqsa Vlaxovich ajoyib zarba berdi. Biroq SHHensniy gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.

Pirlo tanaffusdan keyin Kulushevski va Bernardeskini maydonga tushirdi. Biroq turinliklar kamchilik bilan o'ynayotgani sabab, bu o'zgarishlar jamoa tepmiga ijobiy tasir ko'rsatmadi. To'g'ri, Keza va Bernardeskining zarbalari yomon bo'lmadi, biroq gol bo'lishi uchun buning o'zi etarli bo'lmadi. Qolaversa, Biragi to'pni jamima maydonchasiga oshirdi, ammo Aleks Sandro raqibi Kuame bilan kurashda to'pni o'z darvozasiga joylab qo'ydi. Hammasi tugadi deb turishgandi, ammo "Yuve" shunday vaziyatda ham yana bitta gol o'tkazib yubordi. 81-daqiqada Martin Kaseres sherigi Biragining ajoyib uzatmasi tufayli uchrashuvdagi 3-golni urishga erishdi. "Fiorentina" Prandelli qo'l ostidagi 1-g'alabasini qo'lga kiritdi. "Yuventus" esa tanaffusda bir qator masalalar borasida bosh qotirishiga to'g'ri keladi.


"Inter" "Verona"dan kuchliroq

Ko'pchilik "Inter" o'tgan tur "Speciya"ga qarshi bahsda g'alaba qozonganiga qaramay, jamoa etarlicha ishonchli o'yin namoyish etmadi deb tanqid qilishgandi. Mehmonlar "Verona"ga qarshi bahsni qizg'in tarzda boshlashdi, Yang o'yin boshida ajoyib zarba berdi, ammo to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. O'yin asta-sekin tinchlandi: "Inter"ga tezlik etishmadi, "Verona" esa go'yoki raqibining xatosini kutgandek o'ynadi.

2-taymda Lautaro sherigi Xakimining uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bu o'tgan turdagiga holatga juda o'xshab ketdi, ammo "Speciya"dan farqli o'laroq, "Verona" bunga jim qarab turmadi va mehmonlarga hujum qilishga uruna boshladi. Natijada 63-daqiqada Ivan Ilich hisobni tenglashtirdi. Ammo "Verona"ning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Brozovichning uzatmasidan foydalangan SHkrinyar raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Inter" bu safar ham u qadar yorqin o'yin namoyish etmadi. Ammo muhim g'alabaga erishdi.


"Bolonya" va "Atalanta" durang o'ynadi

Kutilganidek, Gomes bu safar ham qaydnomaga kiritilmadi, "Atalanta" etakchisiz o'ynashga majbur bo'lmoqda. Ammo Ilichich ham ancha jismoniy kuchini yaxshilamoqda. Biroq sloveniyalik jarima maydoniga kirgandi hamki, yiqitildi. Penalti belgilandi. To'p yoniga Muriel keldi va gol urdi. Oradan bir daqiqa o'tib, "Atalanta" yana raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmida "Bolonya" jasurlik bilan harakat qila boshladi va Gollini darvozasiga bir necha bor xavfli hujum qildi. Barrou va Sxoutenning zarbalari xavfli chiqdi, biroq "Atalanta" qarshilik ko'rsata oldi. Mixaylovich o'yinchilarni almashtirdi va bu yaxshi natija berdi. Orsolini oldindagi bo'sh zonaga Tomiyasuga to'p etkazib berdi, yaponiyalik Gosensni aldab o'tib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Bu deyarli hujum qilmayotgan "Atalanta"ni "uyg'otishi" kerak edi, biroq aksincha "bergamasklar" yana bitta to'p o'tkazib yuborishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Neuen Pas 82-daqiqada gol urdi. SHundan keyingina "Atalanta" g'alabani tortib olishga harakat qildi, biroq kuchi etmadi. Gasperini shogirdlari hozircha 7-o'rinni band etib turishibdi.


"Milan" hamon etakchi

"Rossoneri" uchrashuvni shiddat bilan boshladi va vaziyatlar yaratishni uzoqqa cho'zib o'tirmadi. CHalxanogluning burchak zarbasidan uzatgan to'piga Rebichning bergan zarbasi "shirinlik ustidagi olcha" singari bo'ldi. Goldan so'ng har ikki jamoa ochiq futbol ko'rsata boshladi, avvaliga Marushichning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi, keyingi vaziyatda Rebich o'zi zarba bermay, Leaoga to'pni oshirdi. Ammo braziliyalik "yopilib" bo'lgandi. "Milan" penalti huquqini ishlab oldi, to'p yoniga CHalxanoglu keldi va Reynaga hech qanday imkon qoldirmadi. Qizig'i shundaki, keyingi hujumda "Lacio" penalti tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Ammo Immobilening urgan to'pi darvoza ustuniga tegdi, lekin to'p yoniga yugurib kelgan Luis Alberto gol urishga erishdi. Tanaffusgacha boshqa qiziqarli holatlar bo'lmadi.

"Milan" 2-bo'limda himoyaga etibor qaratdi, biroq "Lacio" asta-sekin raqib jarima maydoniga o'yinni ko'chirib oldi. Bir payt Milinkovich-Savich jarima maydoniga ajoyib tarzda havodan pas berdi, Immobile esa o'z xatosini to'g'rilab, gol urdi. "Milan" hujum qilishga o'tdi, Rebichda bir necha marta yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. "Lacio" kambek qilishga yaqin edi. Ammo bu safar omad maydon egalariga kulib boqdi. Bahsning so'nggi daqiqalarida CHalxanoglu ajoyib pas berdi va Teo boshi bilan gol urdi. "Milan" hamon A Seriya etakchisi bo'lib qolmoqda.


"Roma" o'yida "Kalyari"ni engdi

"Atalanta"ga mag'lub bo'lgach, malum xulosalar chiqarilgandi, shunday bo'lsa-da, "jalorossi" katta kuch bilan oldinga tashlandi. Natijada, "bo'rilar" yana tezkor gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Karsdorpning uzatmasidan keyin Pellegrini to'pni Veretuga etkazdi va u ikkinchi tempda to'pni darvozaga joylab qo'ydi. "Roma" hujum qilishda davom etdi va 2ta ajoyib vaziyat yaratdi, ammo standartlardan keyin Facio ham, Kumbulla ham Krano qo'riqlayotgan darvoza tomon yo'l topa olmadi. "Kalyari" esa tanaffusgacha "bo'rilar" posbonini bezovta qilmadi.

Biroq ikkinchi bo'lim avvalida mehmonlar vakili Joau Pedro birinchi imkoniyatdanoq unumli foydalandi, uzoq masofadan aniq zarbasidan keyin "Roma" golkiperi ojiz qoldi. Bazan bu kabi vaziyatlarda "Roma" ruhiy zarbani ko'tara olmasligi mumkin, lekin bu safar emas. Yana o'sha Karsdorpning faolligi, Jekoga uzatma va bosniyalik forvard oyog'ini to'g'ri qo'ysa bo'ldi edi. Fonseka himoyani Smolling bilan kuchaytirishga qaror qildi, lekin u hujumda katta foyda keltira oladigan "jangchi"ni o'yinga tashlagan bo'lib chiqdi. Pellegrinining burchak to'pidan etkazib bergan to'pini Kris qulayroq vaziyatda turgan Manchiniga etkazdi va italiyalik futbolchi mo'ljalda adashmadi. O'yin oxirida "Kalyari" penalti ishlab oldi va Joau Pedro dublga erishdi, lekin bundan ortig'iga mehmonlarda kuch ham, vaqt ham qolmagandi. "Roma" kuchli uchlikda bormoqda va bazi qoqilishlarni inobatga olmasa, ancha dadil odimlamoqda. Fonseka jamoasining potencialga egaligi shundoq sezilib turibdi va rimliklar o'yinlarini kuzatib borishni maslahat beramiz.

SHuningdek, "Napoli" va "Torino" durang o'ynadi, "Sassuolo" "Sampdoriya"ni mag'lub etdi, "Benevento" "Udineze" bilan bahsda g'alaba qozondi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика