“Yuve” “Santos” hujumchisini o'z safiga qo'shib oladi
01 avg 2021 07:46
Yangiliklar
“Yuve” “Santos” hujumchisini o'z safiga qo'shib oladi
“Santos” forvardi Kayo Jorje Turin superklubiga ko'chib o'tadi, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira.
Futbolchi turinliklar bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. U yangi jamoasida yiliga 1,5 million evro maosh va bonuslarga ega chiqadi.
Futbolchining Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil so'nggiga qadar tuzilgan. Ammo italiyaliklar futbolchini erkin agent sifatida yil oxirida qo'lga kiritgandan ko'ra, yozgi transfer oynasi vaqtida uni “Santos”dan 2,5 million evroga sotib olishmoqchi.
Joriy mavsum Braziliya chempionatida Kayo Jorje 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar