So’nggi yangiliklar

12:23"Реал" КЖЧ олдидан янги ҳимоячилар билан шартнома имзолайди  8 11:57"Навбаҳор" "Хоразм" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:35​"Наполи" Осимхен ўрнини ким билан тўлдириши маълум  0 11:11"Манчестер Юнайтед" ходимлари Европа Лигаси финалига бепул чипта олмайди  2 10:30МЮ 51 йиллик антирекордни янгилади  3 09:57“Барселона“га қарши ўйинда ҳакам икки марта “Реал“ фойдасига қўпол хатога йўл қўйган — Archivo VAR  63 09:25Ўзбекистон кубоги. Бугун ярим финалнинг дастлабки учрашувлари бўлиб ўтади  0 08:52Мавсумдаги 4-“Эл Классико“да ғалаба қозонган Флик кеча нималар деди?  29 08:21Францияда мавсумнинг энг яхшилари аниқланди. Рамзий термадан 9 нафар ПСЖ футболчиси жой олди  3 07:51Мбаппе "Реал"нинг барча даврларидаги рекордини янгилади  17 07:22Анчелотти кечаги мағлубият сабабларини маълум қилди  23 07:00Суперлига. "Сўғдиёна"ни Қобилов, "Машъал"ни эса Муртазоев мағлубиятдан қутқарди, "Навбаҳор" эса битта гол билан ғалабага эришди  0 02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  6 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  3 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  4

Yuriy Syomin va o'zbekistonlik futbolchilar. Muammo nimada? Yangiliklar

Yuriy Syomin va o'zbekistonlik futbolchilar. Muammo nimada?

Yaqindagina yakuniga etgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida, futbol muxlislarimiz bir futbolchining maydonga tushishini so'nggi daqiqalarga qadar kutishdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Sardor Rashidov klublar o'rtasidagi jahon chempionatida to'p surgan dastlabki futbolchi bo'lishi mumkin edi. Afsuski bu sodir bo'lmadi. "Al-Jazira" bosh murabbiyi gollandiyalik Xenk Ten Kate Sardorni biror daqiqaga ham maydonga tushirmadi.

Muxlislarimizning Rashidov uchun qayg'urayotgan bir vaqtda, ayni kunlarda yana bir qiyin damlarni o'tkazayotgan boshqa bir futbolchi, aniqrog'i uning murabiyi haqida yozishga qaror qildik. Bu Vitaliy Denisov va uning murabiyi hisoblangan Yuriy  Syomin.



Denisovni deyarli barcha muxlislarimiz o'zgacha xurmat qilishadi va ezozlashadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning termamiz tarkibidagi uchrashuvlarda o'zini ayamay jonu-jahdi bilan to'p tepishi, sir emas. Yaqin-yaqinlargacha Vitaliy "Loko" da ham etakchi futbolchilardan biri sanalardi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra mavsumning eng yaxshi 33 futbolchisi qatoriga kiritilgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Biroq, ayni vaqtda uning klubdagi ishlarini joyida deb bo'lmaydi. Mavsum avvalida jarohat sabab bir necha uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan Vitya jarohatidan tuzalib ham zaxirada qolib ketmoqda. SHu vaqtga qadar Moskvalik "temiryo'lchilar"ni kim boshqarishidan qatiy nazar, 2014 yildan beri to'p tepayotgan hamyurtimizni asosiy tarkibda deyarli muntazam ravishda tushurib kelar edi. Biroq jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Syomin uni tobora zaxira futbolchisiga aylantirib qo'ymoqda. SHu o'rinda ushbu tajribali murabiy va boshqa futbolchilarimiz bilan bo'lgan avvalgi noxush holatlarni eslab o'tishga qaror qildik.



Vladimir Maminov. 2001 yili terma jamoamizga boshchilik qilgan Vladimir Salkov bir nechta Rossiya va bolgariyalik futbolchilarni termamizga jalb etgan edi. Ular orasida ayniqsa Vladimir Maminovning o'yinlari muxlislar olqishiga sabab bo'lgan edi. 2002 yilgi JCH saralashining 1-bosqichida maydon markazida Qosimov bilan juftlikda harakat qilgan futbolchiga ko'pchilikning mehri tushgan edi. Lekin Osiyodagi saralshning 2-bosqichi o'yinlari FIFA kunlariga to'g'ri kelmagani bois futbolchilarni termaga qo'yib yuborish klublar ixtiyoriga qolgan edi. Aynan termamizdagi o'yinlari sabab "Lokomotiv" Moskvaning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan futbolchini o'sha vaqtda ham jamoa rulida bo'lgan Yuriy Syomin muhim uchrashuvlarga qo'yib yuborishni istamaydi. Vaholanki, o'z jamoalarining etakchi futbolchilari sanalgan boshqa vakillarimizni ustozlari terma ixtiyoriga qo'yib yuborishga rozi bo'lishgan edi. Bunga misol tariqasida, Kiev "Dinamo"sining afsonaviy ustozi Valeriy Lobanovskiyning Maksim SHackixni qo'yib yuborgani yoki "Krilya Sovetov" murabbiyi Tarxanovning Qosimov xohishiga qarshilik qilmaganini keltirib o'tishimiz mumkin. Faqatgina Xitoyga qarshi safardagi uchrashuvga sanoqli soatlar qolganida termaga kelgan Maminov, agar boshqa uchrashuvlarda ham maydonga tushganda, balki termamizning o'sha saralashdagi natijalari yaxshiroq bo'lishi mumkin edi. Qizig'i, keyinchalik ham Syomin Maminov va yana "Loko"dagi boshqa "hamyurtlarimiz" hisoblangan Pashinin va Polyakovlarni terma jamoaga ketishlariga unchalik ro'yxushlik bermaydi. Natijada ushbu futbolchilar termadagi faoliyatiga ancha erta yakun yasashga qaror qilishadi.



Maksim SHackix. Uni bemalol Syominning qurboni bo'lgan, desak yanglishmaymiz. Kiev jamoasida 1999 yildan boshlab o'ynab kelgan hujumchi o'shandan beri xoh Lobanovskiy davrida bo'lsin, xoh Sabo yoki Demyanenko davrida bo'lsin jamoaning birinchi raqamli xujumchisi edi. Syomin kelgach esa vaziyat butunlay o'zgardi. Dastavval sekin-asta Maksimni zaxiraga moslashtirgan Syomin, keyinchalik uni umuman bu erga mixlab qo'ydi. Uning bu qaroridan terma jamoamiz ham zarar ko'rgan edi. Esingizda bo'lsa, JCH-2010 saralashining hal qiluvchi bahslarida Maksimning o'yin amaliyotisiz qolishi, termamizning natijalarida ham salbiy bo'y ko'rsatgan edi. Syomin xattoki SHackixning so'nggi uchrashuvida ham uni maydonga tushirmaydi. Muxlislarning "Qiruvchi-16" deya nomlangan katta banerini Maksim zaxira o'rindig'idan turib tomosha qilgan edi, xolos.



Vitaliy Denisov. Ha, Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi uchun mavsum ko'tarinki ravishda o'tmoqda. Jamoa Rossiya chempionatining karvonboshisi bo'lishdan tashqari, Evropa ligasining pley-off bosqichiga yo'l oldi. Bu muvaffaqiyatlarda albatta tajribali Syominning ham mehnatlari yotibdi. Lekin biz O'zbekistonliklar uchun Vitaliyning o'yin amaliyoti barchasidan muhim sanaladi. Qolaversa, Vitaliy o'zi maydonga tushgan uchrashuvlarida ham avvalgidek shijoat bilan to'p tepmoqda. "Spartak" bilan bo'lgan uchrashuv bunga misol. Futbolchimizning maydonda bo'lishi "Loko"ning o'yinini kuchaytirsa kuchaytiradiki, aslo zaiflashtirmaydi. Uning SHackixning holiga tushishini istamagan bo'lar edik. CHunki himoyachimizning hozirgi yoshini inobatga oladigan bo'lsak, unga o'yin amaliyoti juda kerak. Agarda Denisov Syominning kelgusi rejalariga to'g'ri kelmayotgan bo'lsa, yaxshisi uni qishki tanaffusda boshqa jamoaga qo'yib yuborgani maqul. Sababi Vitya hali termamizga kerak. Uning yoshi 30ga kirib qolgan bo'lsada, Denisov hali bizga ancha asqotishiga ishonamiz.

Maqsud Yahyoev


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика