Yuriy Lukin: "Rashidov maydonga tushgach, o'yin o'zgardi"

22 mar 2015, 18:33
Bugun bo'lib o'tgan "Qizilqum" -"Bunyodkor" 0:2 uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin ilk golgacha teng kurashlar ostida o'tdi. Rashidov maydonga tushgach, "Bunyodkor"ning o'yini o'zgardi. "Qizilqum" har qanday jamoa bilan kurashishga tayyor. Bugun mahorat o'z so'zini aytdi. Shuncha muxlis keldi.  Hamma jamoa bilan shunday kurashuvchan o'yin ko'rsatamiz. Hech kimga oldindan mag'lub bo'lmaymiz. Shuncha muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'lish alamli", - deydi Yuriy Lukin.

"Bunyodkor" klubi matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

Manba: championat.asia