So’nggi yangiliklar

00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  5 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  5 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   9 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  13

Yuriy Lukin: "Har kuni suniy qoplamali maydonda o'yin o'tkazish osonmas" Yangiliklar

Yuriy Lukin: "Har kuni suniy qoplamali maydonda o'yin o'tkazish osonmas"

Avval xabar qilganimizdek, 15 fevral kuni Qizilqum jamoasi Toshkent yig'ini doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Bu galgi raqib - Muborakning Mashal futbolchilari bo'ldi.
 
Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Ammo yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish borasida muborakliklar o'z ustunliklarini namoyish etdilar. Dastlab tanaffusga qadar Zohir Qo'ziboev hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda dublga erishdi va Mashalning g'alabasini taminladi - 0:2.
 
Navoiyliklar bosh murabbiyi Yuriy Lukin mazkur o'rtoqlik o'yinida quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalandi:
 
Erkin Jabborov, Fayzulla Qambarov, Akmal Xoliqov, Abduvali Mo'minov, Mirjalol Qurbonov, G'ayrat Jumaev, Sarvarjon Xolmatov, SHerali Jo'raev, Farrux Haydarov, Samandar SHodmonov, Navro'z Alimov.
 
Zaxiradan maydonga tushganlar:
 
Azizjon Abdullaev, Asqar Muhiddinov, Eldor Boymatov, Anvar Rahimov, Alisher Xoliqov, Jamshid SHohnazarov, Aziz Mansurov.
 
-    Bir kun avval Neftchiga qarshi uchrashuvda maydonda to'qson daqiqa harakat qilgan Vladimir SHishelov, Ruslan Vagapov, Akmal Rustamov singari o'yinchilarga bu safar dam berdik, - deydi Yuriy Pavlovich. - Har kuni suniy qoplamali maydonda o'yin o'tkazish osonmas. SHunga qaramay, yigitlar yomon taassurot qoldirishmayapti. Mashg'ulotlarimizga o'tgan yili Jizzaxning So'g'diyona jamoasida o'ynagan Anvar Rahimov kelib qo'shildi.  U bugun Mashalga qarshi o'yinda ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.
 
Toshkent yig'iniga avvalroq Abduvali Mo'minov, Aziz Mansurov (SHo'rtan)lar kelib qo'shilishgandi. Ammo ularning Qizilqum tarkibidan rasman joy olish-olmasliklari yig'ini so'nggida malum bo'ladi.
 
Rejaga muvofiq, navoiyliklar navbatdagi o'rtoqlik bahsini 18 fevralda o'tkazadilar. Unda Andijon jamoasi konchilarga qarshi maydonga chiqishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика