Yuriy Lukin: "Bugun g'alaba qozonishni ko'proq xohlagandik"
26 apr 2015 09:41
Yangiliklar


Yuriy Lukin: "Bugun g'alaba qozonishni ko'proq xohlagandik"
"Qizilqum" bosh murabbiyi Yuriy Lukin "Andijon"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin jangovor va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Bugun shogirdlarim
namoyish etgan o'yindan qoniqish hosil qildim. Ular ko'rsatmalarimizni to'g'ri
bajarishdi. Muhimi, bugungi uchrashuvda o'zimiz uchun kerakli bo'lgan uch
ochkoni qo'lga kiritdik. CHunki “Andijon” bizning yaqin raqobatchilarimizdan
biri edi. SHuning uchun hammasidan ko'nglim to'ldi. Ko'rgan bo'lsangiz, o'yin
teng kurashlar ostida o'tdi va ikkala jamoa ham bir-biridan qolishgani yo'q.
Maydonning holati boshqacharoq o'yin namoyish etishni talab etdi. Bugun
nimaning hisobiga g'alaba qozondik? G'alaba bo'lgan ishtiyoq hamda xohish
evaziga yutdik. Qaysidir vaziyatlarda raqibga nisbatan yaxshiroq o'ynadik,
yana qaysidir vaziyatlarda unchalik emas. Asosiysi, yigitlar g'alaba uchun
maydonga tushishgandi va buni namoyish etishdi.

Fikrlar