Yurgen Klopp: Umumiy hisobni unutib qo'ydim, 7:6, to'g'rimi?
03 may 2018 08:35
Yangiliklar
Yurgen Klopp: Umumiy hisobni unutib qo'ydim, 7:6, to'g'rimi?
Liverpul bosh murabbiyi Yurgen Klopp Romaga qarshi o'yindan so'ng (2:4) o'z fikrlarini bildirdi.
«Bu qoyilmaqom o'yin bo'ldi. Raqib katta tavakkal qildi va bizni qarshi hujumda jazoladi, ammo keyin gol o'tkazib yuborishdi.
Himoyamiz darvozaga juda ham yaqin o'ynadi, bunday o'ynash kerak emas. Har bir qarshi hujum xavfli bo'ldi, ammo biz vaziyatlardan foydalana olmadik.
Ko'plab futbolchilar ilk bor yarim finalda o'ynashdi, ularda hayajon bor edi.
Biz finalga chiqishga 100 foiz haqli edik. Omadsiz u erga chiqib bo'lmaydi. Kecha «Real»ga ham omad kerak bo'ldi.
Oldimizda premer-ligadagi ikkita muhim o'yin bor, keyin final, biz maksimum natija qayd etishga urinamiz.
«Roma»bilan shunchaki daxshatli o'yinlar bo'ldi. Umumiy hisobni unutib qo'ydim. 7:6, to'g'rimi? G'aroyib», – deydi Klopp.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar