Yurgen Klopp: “Ramosning harakati va Salahning jarohati bizni shokka tushirdi”
27 may 2018 09:14
Yangiliklar


Yurgen Klopp: “Ramosning harakati va Salahning jarohati bizni shokka tushirdi”
“Final uchun tanlangan reja – faqat g'alaba uchun o'ynash edi. Biz boshqa narsa haqida o'ylamadik ham. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida buni amalda ham isbotladik.
Afsuski, Ramos bilan bo'lgan holat va Salahning jarohat olishi jamoamizni shokka tushirib qo'ydi. Muhammad Salah maydonni tark etganidan so'ng biz pozitiv energiyani yo'qotib qo'ydik, bu esa “Real”ga qo'l keldi.
O'yinning burilish nuqtasi aynan shu holat bo'ldi. Futbolchilar tushkun holatga tushishdi va maydon markazida Modrich yoki Kroosga hech qanday qarshilik ko'rsata olishmadi.
Endi kiritilgan gollar haqida nima deyishim mumkin. Biz bitta, “Real” 3ta gol urdi”, - dedi Klopp.
Eslatib o'tamiz, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah birinchi bo'lim o'rtalarida “Real” himoyachisi bilan to'qnashuvda jarohat olib, maydonni tark etgandi. O'sha paytda o'yindagi hisob hali ochilmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar