Yurgen Klopp: "Qura zo'r, "Siti"ga qarshi esa o'zimizni rejamiz mavjud"
26 fev 2016 23:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/199763_original.jpg)
![](/upload/storage/199763_220.jpg)
Yurgen Klopp: "Qura zo'r, "Siti"ga qarshi esa o'zimizni rejamiz mavjud"
"Kecha men murabbiylar shtabiga qurada "Manchester Yunayted" tushishini istashimni aytgandim. Qura ajoyib bo'ldi.
"Manchester Siti" bilan o'yin? Bu uchrashuvda biz "Etixad"da qo'lga kiritilgan g'alabali o'yindan farqli ravishda boshqacharoq o'ynaymiz. Balki taktikani umuman o'zgartirmasmiz. To'g'risi, bu erda qaysi taktikada o'ynashimizni aytmoqchi emasman. CHunki Manchesterda televizor bor va ular eshitib qolishlari mumkin. Muhimi bizning ularga qarshi o'z rejamiz bor va buni futbolchilarim juda yaxshi bilishadi. Men bu erga birinchi kelgan kunlarimda tarkib tanlash borasida muammolarga duch kelgandim. Hozir esa vaziyat o'zgargan. Ko'pchilik safga qaytdi. Mening qo'l ostimda 30 nafardan ko'proq futbolchilar shug'ullanishmoqda. Kimni maydonga tushirishni esa men hal qilaman. Bu yoqimli bosh og'riq", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar