So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  1 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  2 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

Yurgen Klopp ogohlantiradi: "Liverpul"da yo'qotishlar tufayli yangi xaridlar bo'lmaydi Yangiliklar

Yurgen Klopp ogohlantiradi: "Liverpul"da yo'qotishlar tufayli yangi xaridlar bo'lmaydi

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp qishki transfer oynasida klub boshqa transferlarga qo'l urmasligini jamoa muxlislariga malum qildi.

Nemis mutaxassisi ayni paytda "qizillar"da yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolash zarurati borligini tan oldi. Biroq Klopp jamoa ishqibozlarini ushbu oyda ko'plab futbolchilarning olib kelinishini kutmasliklarini so'radi. Tarkibga yangi yuzlarning qo'shilishi uning boshqaruvidagi jamoaning oldinga siljishiga echim bo'la olmas ekan.

Klopp yanvar oyida hujumchi Kodi Gakpo bilan 37 mln funt sterlingga shartnoma imzoladi. Ammo "Liverpul" "CHelsi" kabi moliyaviy baquvvat klublardan farqli ravishda cheklovlar ostida ishlamoqda.

Ayni paytda "Borussiya" Dortmund klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem kabi uzoq muddatli maqsadlarga erishish bu oy uchun imkonsiz bo'lib qolmoqda.

Klopp o'tgan yozda yarim himoya chizig'ini kuchaytira olmagani uchun ham tanqidga uchradi, ammo: "Biz tashqariga ham qaraymiz. Qaysarlik qilib bu yigitlar bilan 2050 yilgacha boramiz, deb o'ylamaymiz", – dedi.

"Agar echimlar mavjud bo'lsa va ularni amalga oshirish mumkin bo'lsa, yordam berish uchun o'yinchilarni jalb qilgan bo'lardik, biroq bizda mavjud tarkib bor va ular past darajada harakatlanmoqda.

Bizda tanlovlar cheklangan, biroq bu erda shartnomaga ega futbolchilar bor, ular shunchaki tayyor emas. Agar ularning barchasi asl holatida bo'lganida hozir vaziyat boshqacha bo'lardi. Biz tarkibni kuchaytirishimiz kerakmi? O, albatta. Hozir shunday qilish uchun to'g'ri paytmi? Ayni paytda bunday emas.

Bular futbol muammolari va siz ularni futbol bilan hal qilasiz. 

Biz jipslashib o'ynashimiz lozim", – dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика